
- 3
- 21.11.2026 09:30:00
- 1 min read
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva olti kunlik iş haftasini bekor qiliş va beş kunlik iş tartibiga ötiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda mamlakat hukumati 19-noyabr kuni ma’lum qildi.
Yangi tartibga köra, xodimlar haftasiga beş kun işlaydi va ikki kun haq tölanadigan dam oliş huquqiga ega böladi. Bunda iş haqi kamaytirilmaydi. Özgarişlar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi: 2026-yil 16-dekabrdan haftalik iş vaqti 44 soatdan 42 soatga, 2027-yil 16-dekabrdan esa 40 soatga qisqartiriladi.
Bu Braziliyada 1988-yildan beri iş vaqtini qisqartiriş böyiça amalga oşirilayotgan ilk islohotdir. Qaror kasaba uyuşmalari, deputatlar va fuqarolar tomonidan qöllab-quvvatlangan kampaniya ortidan qabul qilindi. Ta’kidlaş joiz, Lotin Amerikasining köplab davlatlarida haftalik iş vaqti 48 soatni taşkil etadi. Ekvador, Venesuela va Urugvayda esa 40 soatlik iş haftasi joriy etilgan.