
- 0
- 27.02.2026 07:51:00
- 1 min read
Prezident oldida qo‘shiq kuylab e’tirofga sazovor bo‘lgan 4-sinf o‘quvchisi Otamurod Rayimboyevga prezident sovg‘asi — BYD Chazor avtomobili topshirildi. Xorazm viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, sovg‘a viloyat hokimi tomonidan bolakayga oila a’zolari va ustozlari ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Davlat rahbari 24-fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda yosh iqtidor egasining iste’dodini alohida ta’kidlab, unga avtomobil sovg‘a qilinishini ma’lum qilgan edi.