
- 1
- 08.01.2026 19:46:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda miltillovchi chiroqlar o‘rnatilgan BMW avtomobillari yo‘llarda avariya holatlarini yuzaga keltirib, YPX xodimlaridan qochgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarning shaxsini aniqladi. Tekshiruv jarayonida haydovchilardan biri BMW X5 avtomobilini egasidan ruxsatsiz olib, shahar bo‘ylab davlat raqamisiz harakatlangani va YPX xodimlaridan yashirinishga uringanini tan oldi hamda qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirdi. Ikkinchi avtomobil egasining aytishicha, u mashinani tanishiga ustaxonaga olib borish uchun topshirgan, biroq haydovchi egasini ogohlantirmasdan sirena va miltillovchi chiroqlarni o‘rnatib, davlat raqamlarini olib tashlagan. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, holatda ishtirok etgan ikkala BMW avtomobili ham jarima maydonchasiga joylashtirildi. Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.