Rossiyada 15 yoshli o‘quvchining maktabdagi qonli hujumi

Rossiyada 15 yoshli o‘quvchining maktabdagi qonli hujumi
  • 3
  • 17.12.2025 16:25:00
  • 1 min read

Moskva viloyatidagi maktabda 15 yoshli o‘quvchi hujumi oqibatida 4-sinf o‘quvchisi — 10 yoshli Qobiljon Aliyev halok bo‘ldi. Hujumchi maktabga pichoq va gaz balonchasi bilan kirib, bolaga pichoq urgan, shuningdek qo‘riqchi va yana ikki kishini jarohatlagan. Halok bo‘lgan bolakay Tojikiston fuqarosi bo‘lib, uni onasi yolg‘iz tarbiyalab kelgan. Hodisadan so‘ng mahalliy aholi maktab oldida xotira burchagi tashkil qildi, maktablarda esa xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda hujumchining bolalarga hujum qilishdan oldin ularning millatini so‘ragani va qochishga ulgurmay qolgan Qobiljonni pichoqlab tashlagani aks etgan videolar taqarlib, barchani yuragini larzaga keltirdi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi voqeani milliy adovat asosidagi hujum sifatida keskin qoralab, Rossiya tomonini adolatli va xolis tergov o‘tkazishga chaqirdi. Hujumchi qo‘lga olingan va jinoyatni tan olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News