
- 1
- 28.11.2025 13:36:00
- 1 min read
26-noyabr kuni kechki paytda Real Sanjik nomi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimov maxsus reyd davomida qo‘lga olindi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt IIBB tezkor guruhi blogerning uyiga kelib, protsessual harakatlarni amalga oshirgan va uni bo‘limga olib ketgan. Real Sanjikka tovlamachilik va o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlash moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Bu moddalar eng kami 3–5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi, ayrim holatlarda jazо muddati yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda firibgar kuyov kelinning uyini Sanjar Rahimovdan qarz olish uchun sotib yuborgandi. “Mojaroli uy” ishi yakunlanib, uy egasiga ya’ni qizga qaytarilgan. Firibgar kuyov esa 9 yilga qamalgandi. Sanjar Karimovning harakatlari bo‘yicha esa tekshiruv boshlangandi.