
- 1
- 22.06.2026 10:21:00
- 1 min read
Toshkentda Gonzo taxallusi bilan tanilgan bloger Geydar Aliyev K-Vibe koreys madaniyati festivalidagi mojaro ortidan qamaldi.
Sud uni mayda bezorilik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topdi. Natijada blogerga 5 sutkalik ma’muriy hibs va BHMning 5 baravari miqdorida jarima tayinlandi.
Mojaro festival ishtirokchilarining videoga olinmaslik haqidagi iltimoslariga qaramay, bloger suratga olishni davom ettirgani ortidan yuzaga kelgan. U 17-iyun kuni u fuqarolardan biriga oid sha’n va qadr-qimmatga daxl qiluvchi ma’lumotlarni Telegram orqali tarqatgan.