Polshada bizon sayyohga hujum qildi

Polshada bizon sayyohga hujum qildi
  • 0
  • 05.08.2026 19:03:00
  • 1 min read

Polshaning o‘rmonlaridan birida yevropa bizoni sayyohga hujum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyoh yovvoyi hayvonga xavfsiz masofani saqlamasdan, yaqinlashib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bizon sayyohga hujum qilib, uni yerga yiqitgan. Shu payt ularning yonidan o‘tib ketayotgan avtomobil hayvonning e’tiborini chalg‘itgan. Sayyoh fursatdan foydalanib, voqea joyidan uzoqlashishga muvaffaq bo‘lgan. Mutasaddilar o‘rmonga tashrif buyuruvchilarni yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmaslikga hamda ularni bezovta qilmaslikga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News