Bishimbayevning amakivachchasi amnistiya asosida muddatidan oldin ozod qilindi

Bishimbayevning amakivachchasi amnistiya asosida muddatidan oldin ozod qilindi
  • 0
  • 24.07.2026 12:58:00
  • 1 min read

Qozog‘istonda Saltanat Nukenovaning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Baxitjon Bayjanov amnistiya asosida muddatidan oldin ozod qilindi.
Sud uning jazosining qolgan qismi uch oydan sal ko‘proq ekanini inobatga olib, zudlik bilan ozod etish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Bayjanovning advokati ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 9-noyabr kuni Ostonadagi BAU restoranida Saltanat Nukenova o‘ldirilgan edi. Sud uning turmush o‘rtog‘i, Qozog‘istonning sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandiq Bishimbayevni qotillikda aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Bayjanov esa jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga qamalgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News