
- 7
- 26.09.2026 11:54:00
- 1 min read
Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt noto‘g‘ri qo‘llansa, bir milliard odamning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayonlarni boshqarishga qodir ekanidan ogohlantirdi.
Uning aytishicha, yovuz niyatli shaxslar eng ilg‘or sun’iy intellekt vositalaridan foydalansa, texnologiya misli ko‘rilmagan darajada xavfli qurolga aylanishi mumkin.
Geyts sun’iy intellekt kompaniyalarining o‘zini o‘zi nazorat qilishi yetarli emasligini ta’kidlab, hukumatlar ham texnologiya rivojini nazorat qilishda ishtirok etishi kerakligini aytdi.
U AQSH hukumatini sun’iy intellekt xavfsizligi va nazoratini ta’minlash uchun tegishli qonunlar qabul qilishga chaqirdi.