
- 1
- 05.02.2026 14:20:00
- 1 min read
Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts AQSH Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan Epshteyn hujjatlari bilan bog‘liq ayblovlarga javoban, hech qachon jinoyatchi Jeffri Epshteynning oroliga bormaganini va hech qanday qonunbuzarlik qilmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, hujjatlarda uning rossiyalik qizlar va turmushga chiqqan ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi aytilgan elektron xat “soxta” ekanini va uni Epshteyn o‘zi yozganini ta’kidladi.
Jeffri Epshteyn ishi bo‘yicha e’lon qilingan millionlab yangi hujjatlarda ko‘plab siyosatchilar va mashhur shaxslar nomlari keltirilgaan, jumladan Bill Geyts nomi ham tilga olingan. Unda Geyts, Epshteyndan rafiqasi Melinda uchun “antibiotiklar” bo‘yicha yordam so‘ragani aytiladi, sababi Geyts jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasallik yuqtirgani iddao qilingan. Geyts vakili bu da’volarni “mutlaqo bema’ni va yolg‘on” deb atadi. 2013-yil 18-iyulga oid Epshteyn Geytsga yozgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilingan ikki elektron xat ham bor. Ulardan birida Geyts “rossiyalik qizlar bilan jinsiy aloqa oqibatlarini yengish uchun dori sotib olishga majbur bo‘lgani” haqida, ikkinchisida esa do‘stlik uzilishi va kasallikni xotinidan yashirishga uringani haqida aytiladi.