
- 8
- 31.03.2026 14:50:00
- 1 min read
1-apreldan boshlab Toshkentdagi Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish to‘xtatiladi.
Bog‘ ma’muriyati bu qarorni so‘nggi paytlarda yuz berayotgan baxtsiz hodisalar — yiqilishlar va tan jarohatlari ko‘paygani bilan izohladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning murojaatlari va Ilmiy kengash qarori ham inobatga olingan.
Endilikda bog‘ hududida faqat piyoda sayr qilishga ruxsat beriladi. Maqsad — tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz va sokin muhit yaratish.