
- 0
- 30.04.2026 17:29:00
- 1 min read
Joriy yilning 1-mayidan Xitoy poytaxti Pekinda dronlarni sotish va ulardan foydalanishni cheklovchi yangi qoidalar kuchga kiradi. Mazkur qaror xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilingan. Endilikda, dron egalari oʻz qurilmalarini politsiyada roʻyxatdan oʻtkazishi kerak boʻladi. Qoidabuzarlarga 500 yuan (73 dollar) miqdorida jarima solinishi va qurilma musodara qilinishi mumkin. Cheklovlar mart oyida tasdiqlangan boʻlib, shahar rasmiylari past balandlikdagi havo boʻshligʻi xavfsizligi sohasidagi muammolarni bartaraf etish uchun dronlar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ma’lum qilgandi.