
- 9
- 03.04.2026 12:29:00
- 1 min read
31-mart kuni Farg‘onada avtokredit olish uchun bankga borgan fuqaro berdarak yo‘qolib, bankning kredit bo‘limi xodimi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi.
Dastlabki tergovga ko‘ra, mijoz bank binosini kredit bo‘limi xodimi bilan birga tark etgan va ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal avtomashina ichida davom etgan va bank xodimi oshxona pichog‘i bilan mijozga bir necha zarba bergan. Shundan so‘ng u jasadni mashinada qoldirib, ish joyiga qaytgan va kechqurun uni Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi hibsga olingan. Hozirda marhumning jasadini topish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Bekobodda IIB xodimi mashinasida urib ketib, suvga tashlangan fuqaroning jasadi 80 kunda topilgandi.
Manba: Kun.uz