
- 0
- 23.05.2026 16:57:00
- 1 min read
Bangladeshda 700 kgli albinos buqa tashqi ko‘rinishi bilan AQSH Prezidentiga o‘xshashligi sabab ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Unga hatto “Donald Tramp” nomi berilgan. Buqaning egasi uni yaqinlashib kelayotgan hayitda qurbonlik qilmoqchi ekanini aytgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, turli xil munosabatlar bildirilmoqda. Ba’zilar hayvonga achingan, ba’zilar esa Tramp bu xabarni eshitsa nima qiladi, degan hazilomuz izohlar yozgan.