Bahodir Jalolovda g‘alabali seriya davom etadi!

Bahodir Jalolovda g‘alabali seriya davom etadi!
  • 6
  • 07.10.2025 09:14:00
  • 1 min read

6-oktabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan “IBA Pro 10” turnirida o‘zbekistonlik superog‘ir vazn bokschisi Bahodir Jalolov rossiyalik Vitaliy Kuduxovga qarshi ringga chiqdi. 
Jang to‘liq 8 raund davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan Jalolovning ustunligini tan oldi — 77:73, 77:74, 78:72.
📊 Statistikaga nazar tashlasak: Jalolov shu kungacha 15 jangda ishtirok etgan, ulardan 14 tasini nokaut bilan yakunlagan, faqat bir bahsda ochkolar hisobida ustun kelgan.

O‘zbekiston boksi yana bir bor xalqaro arenada o‘z kuchini namoyish etdi!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News