Uy sharoitida yumshoqqina pishloqli bulochka pishiramiz

  • 3
  • 25.12.2025 08:56:00
  • 1 min read

Avvaliga yumshoqqina oshirma xamir tayyorlab olamiz. So‘ng ichiga solinadigan "nachinka"mizni tayyorlashga kirishamiz. Idishga xohishga ko‘ra saryog‘ solamiz, ketidan qirg‘ichdan chiqarilgan sarimsoqpiyoz va ko‘katni solib aralashtirib olamiz. Oshib chiqqan xamirimizni yoyib, xamir ustiga "nachinka"mizni surtamiz. So‘ng qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni xamirni usti bo‘ylab yoyib chiqamiz. Huddi rulet kabi xamirimizni o‘raymiz, o‘rtacha qalinlikda kesib listlarga joylashtiramiz.30-40 daqiqaga pechga yuboramiz. Pishib chiqqan issiqqina, yumshoqqina bulochkalarni dasturxonga tortamiz.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News