
- 0
- 11.05.2026 10:38:00
- 1 min read
Turkiyada ota-onaning e’tiborsizligi sabab 2 yoshli qizaloq eshigi ochiq turgan avtobusga chiqib ketdi. Bu paytda avtobusda hech kim bo‘lmagan, haydovchi esa non olish uchun do‘konga tushgan bo‘lgan. Shu sabab u bolaning avtobusga minganini ko‘rmagan.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, haydovchi bolaning avtobusda yolg‘iz ketayotganini va yig‘layotganini payqab qoladi. Shundan so‘ng u darhol qizaloqni oxirgi bekatga qaytarib olib borgan.
Video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ayrim foydalanuvchilar: “Sayrga chiqqan go‘dak” filmi hayotda”, deya izohlar yozishgan.