
- 2
- 12.12.2025 10:24:00
- 1 min read
Avstriya parlamenti 11-dekabr kuni qabul qilgan qonun o‘zgartirishiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab maktablarda 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga hijob yoki boshqa diniy ro‘mol o‘rash taqiqlanadi. Integratsiya vaziri Klaudiya Plakolm bu qarorni “qizlarni himoya qilish yo‘lidagi tarixiy qadam” deb atadi. Qonunga muvofiq, taqiq islom an’analariga ko‘ra boshni yopuvchi hijob, burqa kabi liboslarga tatbiq etiladi.
Yangi tartib ko‘ra, maktab rahbariyati ro‘mol taqqan o‘quvchi va ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi va qoida takroran buzilsa, 800 yevrogacha jarima qo‘llanishi mumkin.
Qonun hukmron koalitsiya vakillari — Avstriya xalq partiyasi, Sotsial-demokratlar va NEOS tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. O‘ta o‘ng “Ozodlik partiyasi” ham bu tashabbusni yoqladi. “Yashillar” esa konstitutsiyaviy muammolar sabab qarshi ovoz berdi. 2019-yilda ham shunga o‘xshash taqiq joriy etilgan, biroq Konstitutsiyaviy sud uni bekor qilgan edi.