Australian Open: tennischimiz Nigina Abduraimovadan g‘alaba

Australian Open: tennischimiz Nigina Abduraimovadan g‘alaba
  • 8
  • 10.01.2023 08:20:00
  • 1 min read

Australian Open’da ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova saralash bosqichidagi ishtirokini boshladi. U ilk bosqichda ispaniyalik Leyre Romero-Gormazni 2:6, 6:3, 6:2 hisoblarida mag‘lub etdi va ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.
Nigina endi saralash yarim finalida Keti Kolines (AQSH, 115) va Yekaterina Gorgodze (Gruziya, 220) o‘yini g‘olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, tennischilar asosiy bosqichga chiqish uchun saralashning uchta o‘yinida g‘alaba qozonishi kerak.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News