
- 0
- 03.01.2026 13:38:00
- 1 min read
Qozog‘istonda muzlab qolgan ko‘llardan birida bloger ijodkorligi bilan barchaning e’tiborini tortdi. U ko‘l yuzasidagi qalin muzni doira shaklida kesib, ko‘l o‘rtasida o‘ziga xos “attraksion” yaratdi. Aylanayotgan muz bo‘lagi sovuq manzaraga jon baxsh etib, tomoshabinlarda hayrat va qiziqish uyg‘otdi. Qishning betakror manzarasi aks etgan bu video ijtimoiy tarmoqlarda tezda mashhurlikka erishdi.