
- 1
- 13.01.2026 08:58:00
- 1 min read
Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Moskvani Markaziy Osiyo va Armanistonda Ukrainadagi kabi “maxsus harbiy amaliyot” o‘tkazishga chaqirgan bayonotlari jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otdi. Armaniston TIV Rossiya elchisini chaqirib, norozilik notasi topshirdi. O‘zbekiston TIV esa hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.
O‘zbek jamoatchiligi va faollari bu bayonotlarni suverenitetga tahdid deb baholab, Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda qat’iy pozitsiya bildirishini talab qilmoqda. Mutaxassislar bunday bayonotlar ortida real siyosiy niyatlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirib, bunday chaqiriqlarni javobsiz qoldirmaslik kerakligini bildirdi.





