Argentinalik teleboshlovchi Messining otasi vafot etgani haqida xabar berdi

Argentinalik teleboshlovchi Messining otasi vafot etgani haqida xabar berdi
  • 4
  • 19.06.2026 18:14:00
  • 1 min read

Argentinalik teleboshlovchi Florensiya Penya jonli efir paytida futbolchi Lionel Messining otasi Xorxe Messi vafot etgani haqida xabar berdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, bu xabar tasdiqlanmagani va yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik boshlovchi o‘z xatosini tan olib, Messi oilasidan uzr so‘radi. Kanal ma’muriyati esa tekshirilmagan ma’lumotni efirga uzatgani uchun Florensiya Penyani ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi.

Ayrim nashrlar ham Messining Jahon chempionatida Jazoirga qarshi uchrashuvdan keyin ko‘z yosh to‘kkanini otasining salomatligi bilan bog‘lagan. Messi oilasi Xorxe Messining sog‘lig‘i nazorat ostida ekanini bildirgan va shaxsiy masalalarga hurmat bilan yondashishni so‘ragan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News