
- 11
- 17.12.2025 16:21:00
- 3 min read
Har bir davlat kelajak strategiyasini yoshlar salohiyati bilan bog‘lamas ekan, u zamonaviy taraqqiyot yo‘lida o‘z nufuzini yo‘qotishi mumkin. Bilim va innovatsiya asosiy kuchga aylangan bu davrda yoshlar davlat va jamiyat taraqqiyotining asosiy strategik resursi sifatida ko‘rilmoqda. Mustaqillikka erishilgandan buyon yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, oxirgi 10 yillik ichida ushbu yo‘nalishga butunlay yangi mazmun kiritildi. Prezident tashabbuslari bilan yoshlar hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan, mustahkam va samarali ishlaydigan yaxlit tizim shakllantirildi. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari va tizimlashuvi Yangilanayotgan O‘zbekiston strategiyalarida yoshlar masalasi strategik ustuvorlik sifatida belgilandi. Ushbu maqsad yo‘lida oxirgi yillarda yoshlar siyosatining samaradorligini ta’minlash uchun 100 ga yaqin qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” kabi mexanizmlari orqali davlat yoshlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga to‘g‘ri yechim berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Tizim orqali yoshlar muammolarining har birini alohida o‘rganish, ularni bandlik, ta’lim, kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy himoya va tadbirkorlik sohalarida qo‘llab-quvvatlash imkoni yaratildi. Ta’lim va ilm-fandagi islohotlar Mamlakatda yoshlar siyosati samaradorligini yaqqol ko‘rsatuvchi yo‘nalishlardan biri ta’lim va ilm-fan yo‘nalishi hisoblanadi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar mamlakatda ilm o‘rganishga bo‘lgan munosabatni tubdan yangiladi. Davlat yoshlari uchun nafaqat mintaqaviy, balki jahon miqyosidagi nufuzli ta’lim maskanlariga ham yo‘l ochildi. Maktabgacha ta’lim sohasida ham amalga oshirilgan islohotlar natijasida bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, 38 mingga yetdi, 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan taminlash ko‘rsatkichi 27,7 foizdan 2025 yilga kelib 77 foizga yetkazilgan. O‘zbekistonda maktab ta’limini rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. So‘nggi 7 yil Ichida 5 mingdan ziyod maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlandi. Yoshlar uchun ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirildi. Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Oxirgi 3 yilda qobiliyatli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi. O‘tgan yilda O‘zbekiston yoshlari Markaziy Osiyoda top-500 oliygohlarga qabul bo‘lish bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Bundan tashqari 30 nafar yoshlar dunyoning top-10 universitetlarida, 500 nafari top-100, 1 500 nafari esa top-300 reytingdagi nufuzli oliygohlarda tahsil olmoqda. Oliy ta’lim sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab universitetlar yangilandi. Oliy ta’lim muassasalari soni 69 tadan 222 taga yetdi. Yoshlar akademiyalari, texnoparklar va innovatsion markazlar tashkil etildi. Bundan tashqari, fan olimpiadalari markazi tashkil qilindi. 2025-yilning 9 oyi ichida o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro fan olimpiadalarida 166 ta medalni qo‘lga kiritdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yosh IT sohasida tahsil oldi. 2020–2025 yillar oralig‘ida 245,7 ming yosh IELTSdan 5,5 va undan yuqori ballni qo‘lga kiritdi. 9 ball olgan yoshlar soni esa 68 nafarga yetdi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati kengaytirildi. STEM yo‘nalishlari, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi uchun kvotalar bir necha barobar oshirildi. Yoshlarni sportga jalb qilish So‘nggi 8 yilda sport uchun ajratiladigan mablag‘ 250 mlrd so‘mdan 3 trln so‘mga yetdi. 250 dan ortiq sport binolari qurildi. 14 ta Olimpiya va Paralimpiya markazlari to‘liq jihozlandi. Parij Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 13-o‘rinni egalladi. Yoshlar tadbirkorligi va bandligi Respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin o‘quv va 7,5 ming kasbga tayyorlash markazlari faoliyat yuritmoqda. Ushbu yilda yoshlar uchun 40 dan ortiq tashabbuslarga 500 mln dollar mablag‘ ajratildi. 35 mlrd dollarlik 8 300 loyiha ishga tushirilib, 292 ming ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Yoshlar mamlakat kelajagining emas, balki bugungi kun taraqqiyotining hal qiluvchi kuchiga aylandi.