
- 0
- 21.04.2026 10:32:00
- 1 min read
Apple kompaniyasi Tim Kuk o‘rniga Jon Ternus bosh ijrochi direktor (CEO) etib tayinlanganini e’lon qildi. U 1-sentabrdan lavozimga kirishadi. Tim Kuk esa 15 yillik rahbarlikdan so‘ng kompaniyaning ijrochi raisi lavozimiga o‘tadi va yangi rahbarga o‘tish jarayonida ko‘maklashadi.
Jon Ternus Apple’da 25 yildan beri faoliyat yuritadi va kompaniyaning iPhone, iPad, Mac, AirPods hamda Apple Watch kabi asosiy mahsulotlari ustida ishlagan.
Tim Kuk davrida Apple dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi — kompaniya qiymati hozirda 4 trillion dollarga yetgan.
Mutaxassislar fikricha, yangi rahbar tayinlanishi Apple’da innovatsiyalarni kuchaytirish va yangi texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.