
- 6
- 23.05.2026 11:07:00
- 1 min read
Masalliqlar:
250 gr qaynatilgan mol go‘shti
1 dona bodring
bir bog‘ kashnich
3 osh qoshiq xitoy qalampiri
1 choy qoshiq tuz
Sousi uchun:
1 choy qoshiq kunjut
1dona sarimsoq
2 dona ko‘k piyozning oq qismi
2 choy qoshiq shakar
yarim stakan tovuq bulyoni
3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
1 osh qoshiq soya
1osh qoshiq sirka
1 choy qoshiq kunjut yog‘i
Tayyorlanishi:
Bodring va qaynatilgan mol go‘shti somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi. Kashnich ham o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi. Sousi uchun idishga maydalab to‘g‘ralgan ko‘k piyozning oq qismi, sarimsoq, kunjut, shakar, tovuq bulyoni, o‘simlik yog‘i, soya, sirka va kunjut yog‘i solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Xitoy qalampiri va to‘g‘ralgan barcha masalliqlar ustidan sous quyilib, aralashtiriladi. Salatimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🥰