
- 0
- 03.02.2026 08:35:00
- 1 min read
Yaponiyalik voleybolchi Yuji Nishida Koba shahrida bo‘lib o‘tgan yulduzlar uchrashuvida hakamga nisbatan bildirgan samimiy uzri sabab ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. U tanaffus paytida to‘pni noto‘g‘ri yo‘llab, ayol hakamga tekkizib yubordi. Hodisadan so‘ng Nishida pol bo‘ylab sirg‘alib borib, chuqur ta’zim qildi va bir necha bor uzr so‘radi. Yaponiyada birovdan uzr so‘ralganda qancha bosh egik bo‘lsa, shuncha ko‘proq ehtiromni anglatadi. Nishidaning bu harakati esa kamyob va ta’sirli holat sifatida baholanmoqda.