Entoni Joshua Nigeriyada YTHga uchradi: ikki kishi halok bo‘ldi

Entoni Joshua Nigeriyada YTHga uchradi: ikki kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 30.12.2025 08:06:00
  • 1 min read

29-dekabr kuni britaniyalik bokschi, WBO, WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Nigeriyada avtohalokatga uchradi. Hodisa Ogun–Lagos avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Joshua yuk mashinasiga urilgan avtomobilning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 36 yoshli bokschining ahvoli yaxshi. Ma’lum qilinishicha, Entoni Joshuaning Nigeriyaning Ogun shtatidagi Shagamu shahrida qarindoshlari bor. 
Bokschining professional faoliyatida 29 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat bor.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News