
- 0
- 06.03.2026 13:01:00
- 1 min read
Turkiyaning chekka dalasidan samarqandlik 46 yoshli Dilafruz Cho‘lliyevaning jasadi topildi. U ishlash maqsadida Turkiyaga borib, Balikesir shahrining Burhoniya tumanida keksa va bemor kishini parvarish qilgan. Marhuma 21-yanvardan beri qidiruvda bo‘lgan. U o‘sha kuni bozorga chiqish uchun ruxsat olib, to‘satdan g‘oyib bo‘lgan. 2-mart kuni uning jasadi bo‘sh yer maydonidan topilgan. Hozirda jasadni vatanga yuborish va ma’muriy-huquqiy ishlar Bosh konsullik tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.
Qotillikda gumonlanib 4 kishi qo‘lga olingan, ular O‘zbekiston fuqarolari ekani ma’lum qilgan.
Dilafruz Cho‘lliyeva oxirgi 1 oyda Turkiyada vahshiylarcha o‘ldirilgan Durdona Hakimova va Sayyora Ergashaliyevadan keyingi uchinchi o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi.