
- 1
- 06.04.2026 11:31:00
- 1 min read
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Loyihaga ko‘ra, hayvonlarga shafqatsizlik qilgan shaxslar jarima (bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha) yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Shuningdek, aybdor hayvonga yetkazilgan zarar uchun veterinariya xarajatlarini qoplashga majbur qilinadi. Qonun loyihasi hayvonlarni tashlab ketishni taqiqlash, jamoat joylarida qulay sharoit yaratish va hayvonlarga mehr-muruvvat madaniyatini shakllantirishni ham nazarda tutadi.