
- 5
- 31.10.2025 16:30:00
- 1 min read
Andijon shahrida achchiq hodisa yuz berdi — 36-maktab xodimlaridan to‘rt nafari texnik spirt ichib zaharlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 22-oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Ular orasida maktab direktori, xo‘jalik mudiri va yana ikki xodim bo‘lgan. Ular laboratoriyada saqlanayotgan suyuqlikni ichimlik deb o‘ylab iste’mol qilgan, biroq bu texnik spirt bo‘lib chiqqan.
Xo‘jalik mudiri voqea joyida vafot etgan. Maktab direktori va ikki xodim og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, hozirda shifokorlar ularning hayoti uchun kurashmoqda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar spirtning qayerdan olingani va qanday qilib maktab xodimlari qo‘liga tushganini aniqlashmoqda. Tekshiruv davomida beparvolik yoki xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagan holatlar ham o‘rganilmoqda.