Barchaning hurmat va ardog‘idagi o‘zbekistonlik qahramon

Barchaning hurmat va ardog‘idagi o‘zbekistonlik qahramon
  • 0
  • 27.02.2026 07:43:00
  • 1 min read

Rossiyadagi arman diasporasi yosh bolani qutqarib qolgan o‘zbekistonlik Xayrullo Ibodullayevga jasorati va insoniyligi uchun minnatdorlik bildirib, unga 200 ming rubl pul sovg‘a qilindi.

Qahramonimiz borgan sari internetda ham yulduzga aylanib bormoqda. U tez orada vatanga qaytib, mukofot puliga ota-onasini Umraga yuborish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Bu insonning jasorati turli millatdagi odamlarni insoniy qadriyatlar atrofida birlashtirdi.

Eslatib o‘tamiz (https://t.me/casiauz/12411), to‘rt oydan beri Rossiyada ishlayotgan Xayrulla Ibadullayev Sankt-Peterburgdagi ko‘p qavatli uyning 7-qavatidan tushib ketgan autizmga chalingan 6 yoshli bolani tutib qolib, qutqargandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News