
- 0
- 03.06.2026 11:52:00
- 1 min read
AQSHning Kaliforniya shtatidagi Beykersfild shahrida tanasiga bomba bog‘lagani aytilayotgan erkak bank binosida bir necha kishini garovga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Chase banki filialida yuz bergan. Bomba tahdidi haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga politsiya, FTB muzokarachilari va maxsus xizmatlar jalb etilgan.
Rasmiylarning bildirishicha, muzokaralar davomida garovga olinganlardan biri xavfsiz tarzda ozod qilingan. Qolganlarning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Hozirda huquq-tartibot idoralari bank ichidagi erkak bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Voqea sabab shahar markazidagi ayrim yo‘llar va ma’muriy binolar vaqtincha yopilgan, hududda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.