Tezkor xodim $30 ming pora olayotganda ushlandi

Tezkor xodim $30 ming pora olayotganda ushlandi
  • 0
  • 24.12.2025 14:53:00
  • 1 min read

Xorazm viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati xodimi Xiva shahrida qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan 12 sotix yerga uy-joy qurishga ruxsat olib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSH dollari olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News