
- 0
- 14.02.2026 13:24:00
- 1 min read
10-fevralda Italiyadagi Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritgan Sturla Xolm Legreyd intervyuda jonli efirdagi intervyusi bilan barchaning e’tiborini tortdi. U uch oy oldin sevgilisiga xiyonat qilganini tan olib, bu hayotidagi eng katta xatosi ekanini aytdi, ammo sevgilisi jamoat oldidagi kechirimni qabul qilmadi. Bronza Legreydning birinchi individual Olimpiya medali bo‘ldi, avval u oltin medal olgan va yetti karra jahon chempioni. Shunga qaramay, medallar marosimi paytida juda tushkun kayfiyatda bo‘lgan. Intervyu xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib, ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar sportchining samimiyligini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar bunday shaxsiy masalalarni omma oldida aytish qanchalik to‘g‘ri ekani haqida bahslashmoqda. Video esa allaqachon memga aylandi.