
- 7
- 07.05.2026 19:06:00
- 1 min read
Prezidentning 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PF-78-son farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Agentlikning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi:
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
🔹 To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.
Shu bilan birga, O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.