
- 0
- 07.04.2026 13:46:00
- 1 min read
6-aprel kuni Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman faoliyatini boshladi.
Kengash ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va qo‘shma loyihalar uchun mustahkam asos yaratishga qaratilgan.
Tadbir yakunida kengash hamraislari Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Mazkur kengash 2025-yil noyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, u AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.