
- 0
- 26.02.2026 11:00:00
- 1 min read
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida koʻp qavatli uyda gaz chaqnashi oqibatida yongʻin yuz berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 25-fevral kuni soat 14:47 da “Boʻston” MFYda sodir boʻlgan. Voqea joyiga qutqaruv boʻlinmalari yetib borib, yongʻinni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Vaziyat nazoratga olingan. Jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.