
- 0
- 03.01.2026 13:44:00
- 1 min read
Alisher Qodirov Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Qodirov Rossiyada vaziyat oy sayin yomonlashishini ta’kidlab, Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar kutilayotgan notinchliklarda aybdor sifatida ko‘rilayotgani sabab ularga nisbatan munosabat keskinlashganini bildirdi. “Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting! Hech qanday daromad ota-onalar va farzandlaringizning ko’z yoshiga arzimaydi!”, — deydi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Xabarovsk shahrida Samarqanddan bo‘lgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri “OMON” tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi marhumning yaqinlariga konsullik yordami ko‘rsatilayotganini, jasadni Vatanga qaytarish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini hamda Rossiya tomoni bilan rasmiy surishtiruv talab qilinganini ma’lum qilgan.