Albaniya prezidenti O‘zbekistonga keldi

Albaniya prezidenti O‘zbekistonga keldi
  • 25
  • 16.06.2026 12:32:00
  • 1 min read

Bugun, 16-iyun kuni Albaniya Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi spikeri va boshqa rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng mehmonlar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidenti Birinchi xonim bilan oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Albaniya davlat madhiyalari yangradi.
Tashrif doirasida Toshkentda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Tomonlar xalqaro maydondagi hamkorlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham fikr almashadi. Shuningdek, Albaniya Prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News