
- 2
- 27.10.2025 16:56:00
- 1 min read
Albaniya bosh vaziri Edi Rama mamlakatning sun’iy intellekt asosida yaratilgan virtual vaziri — Diella “homilador” ekanini e’lon qildi. Bu noodatiy yangilik xalqaro axborot vositalarida ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Diella yaqin kunlarda 83 ta “mini Diella” — sun’iy intellekt yordamchilarini “dunyoga keltiradi”. Ushbu yordamchilar parlamentdagi har bir deputatga biriktirilib, ular uchun ma’lumotlarni tahlil qilish, sessiyalarni kuzatish va qarorlar tayyorlash jarayonini yengillashtirish bilan shug‘ullanadi.
Rama bu g‘oya orqali davlat boshqaruvini raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish va shaffoflikni oshirish maqsadini ilgari surgan. U shuningdek, bu loyiha Albaniyada texnologiyalarni davlat xizmatiga integratsiya qilishda yangi bosqich bo‘lishini ta’kidladi.
Virtual vazir Diella 2024-yilda yaratilgan bo‘lib, u sun’iy intellekt asosidagi birinchi “raqamli siyosatchi” sifatida tanilgan. U hukumat yig‘ilishlarida chiqishlar qilgan, rasmiy axborotlarni taqdim etgan va fuqarolar bilan onlayn muloqotda bo‘lgan. Endilikda Diella “avlod”i — mini Diellalar — parlament ishini samaraliroq qilish uchun xizmat qiladi.