Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi

Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
  • 0
  • 19.12.2025 14:35:00
  • 1 min read

Avvalroq Toshkentdagi mehmonxona oldida erkakni bir urib, komaga tushirib qo‘ygan Akmal Shukurovga apellyatsiya sudi qarori bilan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘rniga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, qamoqdan ozod qilingani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar prokuraturasi protest kiritib, apellyatsiya qarorini bekor qilishni so‘radi. Natijada taftish instantsiyasi sudining ajrimi bilan Shukurov 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Qamoqda o‘tgan vaqti hisobga olinib, unga 5 yil 3 oy 12 kun muddat qoladi. Shukurovga 168-modda 4-qism “a” bandi bo‘yicha 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari, 104-modda 2-qism “e” bandi va 277-modda 3-qism “g” bandi bo‘yicha jazo tayinlandi. Sud ajrimi ustidan Oliy sudga protest va shikoyat kiritish mumkinligi ma’lum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News