
- 3
- 28.11.2025 16:41:00
- 1 min read
Frensi Zapata — fleybord ixtirosi bilan mashhur bo‘lgan fransuz ixtirochisi — endi shaxsiy mini-vertolyotlar bozoriga kirib kelmoqda. U yaratgan yangi qurilma AirScooter deb ataladi va u kelajakdagi shaxsiy aviatsiya texnologiyalarining yorqin namunasi sifatida e’tirof etilmoqda.
AirScooter ikki soatgacha havoda uchishi, soatiga 100 km tezlikka chiqishi va eng qiziq jihati — AQShda uni boshqarish uchun maxsus uchuvchilik litsenziyasi talab qilinmaydi. Qurilma boshqaruvi dronlarnikiga o‘xshash tarzda soddalashtirilgan bo‘lib, uni deyarli har kim o‘zlashtirishi mumkin.