
- 1
- 08.05.2026 17:45:00
- 1 min read
Efiopiyalik 35 yoshli Badriya Adem 5-may kuni 12 yillik farzandsizlikdan so‘ng to‘rt nafar o‘g‘il va bir nafar qiz farzandli bo‘ldi. Shifokorlar dastlab unga to‘rt nafar farzand kutayotganini aytgan, biroq tug‘ruq jarayonida beshinchi chaqaloq ham borligi aniqlangan.
Ayolning aytishicha, u 12 yil davomida farzand ko‘ra olmagani sababli og‘ir ruhiy tushkunlikni boshdan kechirgan, ammo tinimsiz duo qilgan va Alloh unga bitta emas, beshta farzand berganini ta’kidlagan.
Chaqaloqlarning vazni 1,3 kilogrammdan 1,4 kilogrammgacha bo‘lib, shifokorlar ularning yashab ketish imkoniyatini yuqori baholamoqda. Hozirda ona va bolalar shifokorlar nazorati ostida.