
- 5
- 10.02.2026 08:59:00
- 1 min read
Afg‘onistonda “Tolibon” muvaqqat hukumati ayollar huquqlarini keskin cheklovchi yangi Jinoyat kodeksini qabul qildi. The Sunday Guardian xabariga ko‘ra, hujjat huquq himoyachilari va xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.
Kodeksdagi ayrim normalar oiladagi zo‘ravonlikni amalda qonuniylashtirishi aytilmoqda. Xususan, 32-modda bo‘yicha er xotiniga tan jarohati yetkazgan taqdirda ham, ayol buni sudda isbotlasa, erkak atigi 15 sutkagacha qamoq jazosi bilan cheklanishi mumkin.
Shuningdek, jazolardagi nomutanosiblik qayd etilib, ayollar va bolalarning asosiy huquqlari jiddiy cheklanayotgani ta’kidlanmoqda. Kodeks ayollarning harakatlanishi, munosabatlari va oilaviy qarorlarini qat’iy nazorat ostiga oladi. Bundan tashqari, islomdan voz kechgan ayollar uchun umrbod qamoq va muntazam qamchilash jazolari belgilangan, erkaklarga esa qisqa muddat tavba qilish imkoniyati beriladi.