Magistraturaga qabul boshlandi

Magistraturaga qabul boshlandi
  • 4
  • 01.07.2026 17:35:00
  • 1 min read

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga hujjatlar qabuli boshlandi. Talabgorlar 1–30-iyul kunlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishi mumkin.
Hujjat topshirishda bakalavr diplomi va xorijiy til sertifikati talab etiladi. Biroq Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari, respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, nogironligi bo‘lgan ayrim shaxslar hamda bakalavriatni xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilardan xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi.
Shuningdek, SAT imtihonidan 1200 va undan yuqori ball olgan hamda mos magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Hujjatlar qabuli 30-iyulga qadar davom etadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News