Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
  • 0
  • 08.07.2026 10:57:00
  • 1 min read

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etuvchi abituriyentlarga test sinovlari uchun ruxsatnomalar berish boshlanganligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz platformasi orqali shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. Ma’lumot uchun, imtihon kuni abituriyentlar o‘zlari bilan pasport yoki ID-karta hamda ruxsatnomani olib kelishi shart bo‘ladi. Shuningdek, ular imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib borishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, biroq, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News