Toshkentda xorijlikka majburan nos chektirmoqchi bo‘lgan yigitga chora ko‘rildi

Toshkentda xorijlikka majburan nos chektirmoqchi bo‘lgan yigitga chora ko‘rildi
  • 0
  • 29.01.2026 14:38:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilayotganlik holati aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, 25-yanvar kuni Magic City’da 2006-yilda tug‘ilgan yigit chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilgan holda uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan. Holat yuzasidan yigitga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News