
- 0
- 05.02.2026 15:36:00
- 1 min read
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Damas rusumli avtomobilda 23 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi. Videoda haydovchi bolalarni tashish mahalla iltimosi bilan amalga oshirilganini bildirgan. YPX xodimlari Damas’dagi bolalarni tushirib, boshqa transport vositasiga o‘tkazdi. Haydovchiga nisbatan esa belgilangan tartibda chora ko‘rildi.