O‘zbekistonda 70 ga yaqin bukmekerlik sayti bloklandi

O‘zbekistonda 70 ga yaqin bukmekerlik sayti bloklandi
  • 0
  • 09.12.2025 15:21:00
  • 1 min read

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilik o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi 70 ga yaqin sayt bloklanganini ma’lum qildi. Qo‘mita bildirishicha, 2025-yil davomida 86 ta sayt nazoratga olinib, ularning 70 ga yaqini bloklangan. Bu chora “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, internet orqali qimor o‘yinlarini reklama qilish taqiqlanishi bilan izohlanadi. Shuningdek, 2025-yil iyul-avgust oylarida Melbet bukmekerlik brendini reklama qilgan 6 nafar vayner sudga berilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News