Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat futbolchisi

Abduqodir Husanov — Osiyoning eng qimmat futbolchisi
  • 16
  • 27.10.2025 17:11:00
  • 1 min read

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchisi sifatida tarixga kirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga yetgan. Bu ko‘rsatkich uni Osiyo qit’asidagi eng qimmat futbolchilardan biri sifatida qayd etdi.

So‘nggi reyting yangilanishida “Bavariya” klubi himoyachisi Kim Min Jaening narxi 32 million yevroga tushgan, “Brayton” yarim himoyachisi Kaoru Mitoma esa xuddi 35 million yevro bilan Husanov bilan bir pog‘onada joylashgan.

Shu tariqa, Husanov va Mitoma hozirda Osiyo futbolining eng qimmat ikki vakili sifatida e’tirof etilmoqda.

Abduqodir Husanov 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga 40 million yevro evaziga o‘tgan va ingliz klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan edi.

Uning muvaffaqiyati o‘zbek futboli tarixida muhim voqea bo‘lib, yosh himoyachi xalqaro miqyosda O‘zbekiston nomini yana bir bor baland ko‘tardi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News